SAYLOVOLDI DASTURINI SHAKLLANTIRISHDA MANIPULATSIYANING O‘RNI
##semicolon##
siyosiy diskurs, saylovoldi dasturi, manipulyatsiya, pragmalingvistika, siyosiy kommunikatsiya, persuaziya, emotsional ta’sir, siyosiy strategiya, diskursiv strategiya, saylovchi.Annotatsiya
Mazkur maqolada saylovoldi dasturlarini shakllantirish jarayonida manipulyativ strategiya va vositalarning o‘rni pragmalingvistik hamda siyosiy diskurs nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Saylovoldi dasturi siyosiy partiya yoki nomzodning jamiyat oldidagi asosiy maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari va kelajakdagi siyosiy faoliyatini ifodalovchi muhim kommunikativ vosita hisoblanadi. Bunday dasturlar nafaqat muayyan siyosiy g‘oyalarni bayon qilish, balki saylovchilarning qarashlari, hissiyotlari va tanloviga ta’sir ko‘rsatish vazifasini ham bajaradi. Shu sababli dastur matnida manipulyativ strategiyalar, emotsional baholash, ijobiy o‘zini taqdim etish, raqibni salbiy tasvirlash, “biz” va “ular” qarama-qarshiligi, umid va qo‘rquvga murojaat qilish, takror, metafora hamda presuppozitsiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda siyosiy manipulyatsiyaning mazmuniy, leksik, pragmatik va ritorik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, manipulyatsiya saylovoldi dasturlarining mazmunini tanlash va uni auditoriyaga taqdim etish jarayonida yashirin yoki ochiq strategik ta’sir vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.