DZYUDO KURASHI VOSITASIDA TALABALARNI SPORT FAOLIYATIGA YO‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
##semicolon##
dzyudo, talaba-yoshlar, sport faoliyati, pedagogik imkoniyatlar, sport motivatsiyasi, jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy rivojlanish, ijtimoiy ko‘nikmalar, individual yondashuv.Annotatsiya
Maqolada dzyudo kurashi vositasida talabalarni muntazam sport faoliyatiga yo‘naltirishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga munosabatini mustahkamlash va ijtimoiy-psixologik sifatlarini rivojlantirishda dzyudo mashg‘ulotlarining o‘rni yoritilgan. Dzyudo vositasida sport motivatsiyasini rivojlantirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash, intizom va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish, individual yondashuv hamda tabaqalashtirilgan mashg‘ulotlardan foydalanish imkoniyatlari asoslangan. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida talabalarni sport faoliyatiga yo‘naltirishning pedagogik shartlari, mashg‘ulotlarni tashkil etish bosqichlari va pedagogik ta’sir mexanizmlarini qamrab oluvchi metodik model taklif etilgan. Maqola xulosalari dzyudo mashg‘ulotlarini oliy ta’lim muassasalarida ommalashtirish va talabalarni muntazam jismoniy faollikka jalb etish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.