ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVIDA OILA VA MAXSUS PEDAGOG HAMKORLIGI
##semicolon##
alohida ta’lim ehtiyojlari, maxsus pedagogika, ijtimoiy moslashuv, oila, ota-ona, maxsus pedagog, hamkorlik, muloqot, mustaqillik, ijtimoiy rivojlanish.Annotatsiya
Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuv jarayonida oila va maxsus pedagog hamkorligining ahamiyati yoritilgan. Bolaning jamiyatga moslashuvi, tengdoshlari bilan muloqot qilishi, mustaqil faoliyat yuritishi va kundalik hayotda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egallashida oilaviy muhit hamda pedagogik qo‘llab-quvvatlash muhim o‘rin tutadi. Maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar, ota-onalar bilan maxsus pedagog o‘rtasidagi hamkorlikning mazmuni, oilaning pedagogik jarayondagi o‘rni va bolani mustaqil hayotga tayyorlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali bolaning ijtimoiy faolligini oshirish imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan.