AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA TO‘G‘RI HARAKAT QILISHGA TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOS YECHIMLARI VA MUAMMOLARI
##semicolon##
favqulodda vaziyat, aholi xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik, fuqaro muhofazasi, amaliy mashg‘ulot, Ko‘chirish.(evakuatsiya), birinchi yordam, raqamli texnologiyalar, xavfsizlik madaniyati, aholi muhofazasi.Annotatsiya
Aholini tabiiy, texnogen va boshqa xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlashning zamonaviy usullari, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Favqulodda vaziyatlarda inson hayoti va salomatligini saqlab qolish ko‘p jihatdan aholining oldindan tayyorgarlik darajasi, xavf haqidagi axborotni tez qabul qilishi, to‘g‘ri qaror qabul qilishi va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga bog‘liq. Maqolada aholini tayyorlashda ta’lim, amaliy mashg‘ulotlar, simulyatsiya, raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar, ommaviy axborot vositalari va mahalla institutidan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, aholining turli qatlamlariga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish va favqulodda vaziyatlarda psixologik barqarorlikni oshirish bo‘yicha takliflar berilgan.