SOYA NAV NAMUNALARINING KOLLEKSIYA KO‘CHATZORIDA FENOLOGIK RIVOJLANISHI VA MAHSULDORLIK ELEMENTLARI

Авторы

  • Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich Автор
  • Mo‘minov Elyor Musajonovich Mo‘minov Elyor Musajonovich Автор
  • Mirzabdullayev G‘olibjon Nurali o‘g‘li Mirzabdullayev G‘olibjon Nurali o‘g‘li Автор

Ключевые слова:

soya, kolleksiya ko‘chatzori, nav namunasi, fenologiya, o‘suv davri, ertapisharlik, dukkaklar soni, donlar soni, 1000 dona don og‘irligi, seleksiya.

Аннотация

Maqolada 2016 yilda soya nav namunalarining kolleksiya ko‘chatzorida o‘tkazilgan fenologik kuzatuvlar va mahsuldorlik elementlarini baholash natijalari keltirilgan. Tadqiqotda andoza sifatida Orzu navi va Rossiya, Xitoy, Ukraina hamda Serbiya kolleksiyalaridan olingan 15 ta soya namunasi o‘rganilgan. Nav namunalarining to‘liq unib chiqish, uch barg hosil qilish, shonalash, gullash, dukkaklash va pishish fazalariga o‘tish muddatlari tahlil qilingan. O‘suv davri 95–124 kun oralig‘ida o‘zgarib, eng qisqa davr K-1101 namunasida, eng uzoq davr esa K-197 namunasida kuzatilgan. Mahsuldorlik elementlari bo‘yicha K-64 namunasi bir tupdagi dukkaklar soni (38,7 dona), umumiy donlar soni (85,1 dona) va 1000 dona don og‘irligi (165 g) bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etgan. Olingan natijalar soyaning genetik resurslarini fenologik va mahsuldorlik belgilari bo‘yicha baholash, seleksiya ishlari uchun istiqbolli boshlang‘ich materiallarni tanlashda muhim ahamiyatga ega.

Биографии авторов

  • Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich

    direktor, q.x.f.d., professor, Rossiya va Turon FA akademigi

  • Mo‘minov Elyor Musajonovich, Mo‘minov Elyor Musajonovich

    tadqiqotchi.

    Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti.

  • Mirzabdullayev G‘olibjon Nurali o‘g‘li, Mirzabdullayev G‘olibjon Nurali o‘g‘li

    SPE va KITI Namangan ITS q.x.f.f.d.,(PhD)

Опубликован

2026-10-14