SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGINING O'TKIR DEKOMPENSATSIYASI BOSQICHIDA VOLEMIK HOLATNI BAHOLASH AHAMIYATI
##semicolon##
surunkali yurak yetishmovchiligi, o'tkir dekompensatsiya, volemik holat, dimlanish, o'pka ultratovushi, natriurez, diurez.Annotatsiya
Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuYe) o'tkir dekompensatsiyasi kuzatilgan bemorlarda volemik holatni aniq baholash, organizmdagi dimlanish darajasini belgilash va suyuqlikni kamaytirishga qaratilgan dekongektiv davo natijasini obyektiv nazorat qilishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi — an'anaviy klinik tekshiruvlar, zamonaviy o'pka ultratovush tekshiruvi (UTT) hamda laboratoriya biomarkerlarini kompleks (multimodal) tarzda qo'llashning amaliy afzalliklarini ilmiytahlil etishdan iborat. Mazkursharh nufuzli xalqaro tavsiyalar, soha mutaxassislari konsensusi va yirik randomizatsiyalangan klinik tadqiqotlarga asoslanadi. Tadqiqotda qon tomirlaridagi gipervolemiya (dimlanish) va interstitsial to'qimalarda suyuqlik yig'ilishi bir-biridan farq qiluvchi patofiziologik jarayonlar ekanligi, shu sababli faqat bitta izolyatsiyalangan ko'rsatkich bemorning haqiqiy gemodinamik holatini to'liq aks ettira olmasligi yoritilgan. Xulosa qilib aytganda, volemik statusni bir martalik statik o'lchov sifatida emas, balki bemordagi patofiziologik o'zgarishlarni uzluksiz, ketma-ket dinamik kuzatib borish jarayoni sifatida olib borish taklif etiladi.