ASSESSMENT OF BLOOD CIRCULATION USING BIOPHYSICAL METHODS IN MEDICINE AND THEIR DIAGNOSTIC SIGNIFICANCE
Keywords:
tibbiy fizika, biofizika, qon aylanishi, Doppler effekti, ultratovush, reografiya, mikrosirkulyatsiya, magnit-rezonans angiografiya.Abstract
Ushbu maqolada tibbiyotda qon aylanishini baholashda qo‘llaniladigan zamonaviy biofizik usullarning fizik asoslari, diagnostik imkoniyatlari va klinik ahamiyati yoritilgan. Doppler ultratovush, reografiya, lazer Doppler oqimmetriyasi va magnit-rezonans angiografiyaning ishlash prinsiplari, afzalliklari hamda cheklovlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Mazkur usullar qon oqimining tezligi, yo‘nalishi, mikrosirkulyatsiya holati va qon tomirlarining anatomik tuzilishini baholash imkonini beradi. Tahlil natijasida biofizik diagnostika usullarini klinik vazifaga muvofiq tanlash kasalliklarni erta aniqlash, davolash natijalarini kuzatish va diagnostik qarorlar sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslandi. Maqola tibbiy va biologik fizika fanini o‘qitishda hamda tibbiyot yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.