ANTIBIOTIKLARGA REZISTENTLIK: MUAMMO, SABABLARI VA ZAMONAVIY YECHIMLAR

Mualliflar

  • Bahronova Maftuna Begmamatovna Bahronova Maftuna Begmamatovna ##default.groups.name.author##

##semicolon##

mikrobiologiya, antibiotiklar, antimikrob rezistentlik, bakteriyalar, genetik mutatsiya, mikrobiologik diagnostika, infeksiya nazorati.

Annotatsiya

Antibiotiklarga rezistentlik zamonaviy tibbiyot va mikrobiologiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Mikroorganizmlarning antimikrob preparatlar ta’siriga chidamlilik hosil qilishi infeksion kasalliklarni davolashni murakkablashtiradi, kasallik davomiyligini oshiradi va tibbiy xarajatlarning ortishiga olib kelishi mumkin. Mazkur maqolaning maqsadi antibiotiklarga rezistentlikning asosiy sabablari, rivojlanish mexanizmlari, klinik ahamiyati va oldini olish choralarini ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot usuli sifatida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa ishonchli ilmiy manbalardagi tavsiyalarni narrativ tahlil qilish usuli qo‘llanildi. Tahlil natijasida antibiotiklardan noo‘rin foydalanish, mikroorganizmlarning genetik moslashuvchanligi va infeksiya nazoratidagi kamchiliklar rezistentlik tarqalishiga ta’sir etuvchi muhim omillar ekanligi ko‘rsatildi. Antibiotiklardan oqilona foydalanish, mikrobiologik diagnostikani takomillashtirish, infeksiya nazorati va epidemiologik kuzatuvni kuchaytirish muhim profilaktik yo‘nalishlar hisoblanadi.

##submission.authorBiography##

  • ##submission.authorWithAffiliation##

    Siyob Abu Ali ibn Sino Technical School of Public Health (Samarkand, Uzbekistan)

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-10-20