INVESTITSIYA–KAMBAG‘ALLIK BOG‘LIQLIGINI EKONOMETRIK IDENTIFIKATSIYALASHDA PARSIMONLIK VA MULTIKOLLINEARLIK MUAMMOSI
Abstract
Mintaqa iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va kambag‘allikni qisqartirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni empirik baholashda asosiy muammo faqat statistik jihatdan “kuchli” koeffitsiyentni topishdan iborat emas. Tushuntiruvchi omillar bir-biri bilan yuqori darajada bog‘langan sharoitda regressiya koeffitsiyentlarining barqarorligi pasayishi, standart xatolar ortishi va alohida omillarning iqtisodiy mazmuni noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin. Shu sababli Qashqadaryo viloyati bo‘yicha investitsiya–kambag‘allik bog‘liqligini baholashda modelga imkon qadar ko‘p o‘zgaruvchi kiritish emas, balki nazariy mazmuni saqlangan, statistik jihatdan ixcham va diagnostik tekshiruvlardan o‘tgan omillar to‘plamini shakllantirish metodologik vazifa sifatida qaraladi.