SIRDARYO VILOYATIDA XIZMATLAR SOHASI RIVOJLANISHINING TASHKILIY-IQTISODIY DETERMINANTLARI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI
Ключевые слова:
xizmatlar sohasi, Sirdaryo viloyati, tashkiliy-iqtisodiy determinantlar, samaradorlik, investitsiya, tadbirkorlik, infratuzilma, raqamlashtirish, bandlik, hududiy rivojlanish.Аннотация
Mazkur tezisda Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasi rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy determinantlari va ularning samaradorlikka ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda xizmatlar sohasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi investitsiyalar, tadbirkorlik faolligi, aholi daromadlari, infratuzilma, bandlik va raqamlashtirish kabi asosiy omillar tahlil qilingan. Shuningdek, hududda xizmatlar sohasining mavjud holati, rivojlanish imkoniyatlari va asosiy muammolari baholanib, uning samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslangan. Tadqiqot natijalari asosida xizmatlar infratuzilmasini takomillashtirish, investitsiyalarni faol jalb qilish, zamonaviy raqamli xizmatlarni kengaytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va malakali kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.